Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlan
Real imtihon formatidagi bepul mock testlar, har savolga yechim va butun viloyat bo'yicha jonli reyting.
Mock testlar
Prezident, Xorijiy tillar, Mirzo Ulug'bek va Al-Xorazmiy maktablari testlari, taymer bilan.
Testlarni ochish →Viloyat reytingi
14 hudud bo'yicha ball jadvali, o'z o'ringni kuzat.
Reytingni ko'rish →Xatolar tahlili
Mavzular bo'yicha natija va xatolar ustida ishlash.
Natijalarimni ochish →Prezident maktablari haqida
Prezident maktablari nima?
Prezident maktablari — iqtidorli o'quvchilar uchun davlat maktablari. Ularga 4-sinfni tugatgan bolalar 5-sinfga qabul qilinadi. Kirish imtihonlari Cambridge bilan hamkorlikda tayyorlanadi va o'tkaziladi. Ariza berish, imtihon va o'qish bepul.
Raqobat juda yuqori: 2026-yilda 60 mingdan ortiq ariza tushdi, o'rtacha bir o'ringa 179 nafar talabgor to'g'ri keldi. Shuning uchun tayyorgarlikni erta boshlash muhim.
Qabul bosqichlari
- Ariza — may oxiri – iyun o'rtasi, faqat onlayn: my.gov.uz yoki ariza.piima.uz. Shart: 4-sinfda matematika va tabiiy fanlardan yillik baho «5». Ariza o'quvchi o'qiyotgan viloyatdagi maktabga beriladi.
- 1-bosqich — saralash (iyun oxiri). Matematika: 30 ta test, 60 daqiqa. Savollar 4-sinf dasturi asosida, oxiriga qarab qiyinlashadi.
- 2-bosqich — asosiy imtihon (iyul o'rtasi). Saralashdan o'tganlar topshiradi:
- Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar — 40 ta test, 90 daqiqa;
- Ingliz tili (grammatika va o'qib tushunish) — 40 ta test, 40 daqiqa.
2026-yilda: saralash — 25-iyun, asosiy imtihon — 17-iyul. Aniq sanalar har yili agentlik tomonidan e'lon qilinadi. Savollar uchun: agentlik call-markazi 1206.
Qanday tayyorlanish kerak?
- Erta boshlang. 4-sinf boshidan haftasiga 2–3 marta muntazam shug'ullanish oxirgi oydagi shoshilinch tayyorgarlikdan samaraliroq.
- Haqiqiy vaqtda mashq qiling. Mock testni taymer bilan, imtihondagidek bir o'tirishda ishlang — bola vaqtni taqsimlashni o'rganadi.
- Xatolar ustida ishlang. Ball emas, qaysi mavzuda xato qilgani muhim. Har testdan keyin xatolarni birga ko'rib chiqing.
- Ingliz tilida har kuni o'qing. Qisqa matnlar va hikoyalar lug'atni ham, o'qib tushunishni ham kuchaytiradi.
- Mantiqiy fikrlashni rivojlantiring. Jumboqlar, mantiqiy o'yinlar va «nega shunday?» savollari tanqidiy fikrlash bo'limiga yaxshi tayyorlaydi.
- Bolani charchatmang. Yetarli uyqu, dam olish va qo'llab-quvvatlash — natijaning bir qismi.
- Faqat rasmiy manbalarga ishoning. Ariza va natijalar faqat rasmiy saytlarda. «Kirishni kafolatlaymiz» degan pullik takliflarga ishonmang.
JASSONLINE testlari real imtihon formatida tuzilgan o'quv mashqlari: taymer, har savolga yechim, mavzular tahlili va viloyat reytingi. Ular rasmiy imtihon savollari emas va qabulga kafolat bermaydi.
Mock testlar
Yuklanmoqda...
Kirish yoki ro'yxatdan o'tish
Parol kerak emas: @jassonlinebot da «✅ Ha, men» tugmasini bosasiz. Yangi foydalanuvchi bo'lsangiz, keyin qisqa so'rovnomani to'ldirasiz.
Avval email bilan ro'yxatdan o'tganmisiz? Email bilan kiring va profilda Telegramni ulang — aks holda yangi, alohida akkaunt ochiladi.
Qisqa so'rovnoma
2. Ismingiz viloyat reytingida va izohlarda boshqa foydalanuvchilarga ko'rinsinmi?
3. Saytni qayerdan topdingiz? (ixtiyoriy)
Javoblaringiz bir marta saqlanadi va qayta so'ralmaydi. Profilingizda istalgan vaqtda o'zgartirishingiz mumkin.
Ro'yxatdan o'tish bilan siz Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati bilan tanishganingizni va shartlarga rozilik bildirganingizni tasdiqlaysiz.
Sening natijang
Admin: yangi test qo'shish
Standart: shanba 18:00 dan yakshanba 22:00 gacha (Toshkent vaqti). Test turini "Nazorat" qatorlaridan tanlang. Seriya nomi bo'sh qolsa "Nazorat · sana" bo'ladi. Ball tizimi bo'sh qolsa har savol 1 ball.
JSON fayldan yuklash
Yuqoridagi "Imtihon turi", "Bepul", narx, ochilish vaqti va "Darhol e'lon qilish" maydonlari shu yerda ham ishlatiladi. Savollar "sec" bo'yicha fanlarga avtomatik ajratiladi: 1.1–4.1 → Matematika, EV/EG/ER → Ingliz tili, TS → Thinking Skills. Har bir fan alohida test bo'lib, bitta seriyada saqlanadi. "Tekshirish" dan keyin qaysi fan qaysi test turiga tushishini, vaqt, ball tizimi va nomni o'zgartirish mumkin. Ball: cog bo'yicha (B, Q1 = 1,1; Q2, M = 2,1) yoki test turining standart tizimi.
Rasmlar: papkani tanlang (oynada papka ichiga kirmang — papkani belgilab "Upload / Выбрать папку" ni bosing; oynada fayllar ko'rinmasligi normal) yoki rasmlarning o'zini belgilang (Ctrl+A).
Inglizcha variant yuklash
Mavjud testga inglizcha matn qo'shadi. Format asosiy import bilan bir xil: mavzu, savol, A, B, C, D, to'g'ri javob harfi, izoh, rasm nomlari (| bilan), matn, E variant. Qatorlar soni va tartibi testdagi savollar bilan bir xil, to'g'ri javob harflari va variantlar soni mos bo'lishi kerak (kalit o'zgarmaydi). Rasm ustuni bo'sh qolsa, o'zbekcha rasm ko'rsatiladi.
Yechim izohlarini yangilash
Mavjud testni tahrirlash
Pullik testga kirish berish
Naqd yoki o'tkazma orqali to'lagan o'quvchiga qo'lda kirish beradi (ikki qismli testda ikkala qismga). Click/Payme ulangach bu avtomatik bo'ladi.
Foydalanuvchilar qayerdan kelgan
Ro'yxatdan o'tishdagi "Saytni qayerdan topdingiz?" javoblari.
Guruhlar (markaz o'quvchilari)
Savolni tahrirlash
Testdagi xatoni (savol matni, variant, to'g'ri javob, izoh) shu yerda tuzating. To'g'ri javob o'zgarsa, oldingi natijalar va reyting avtomatik qayta hisoblanadi.
Bu savol JSON fayldan yuklangan. Savolni yuklashdagi JSON ko'rinishida tahrirlang: stem, q, opts, ans, statements, table, match, seq, passage, shared, explain (ways, wrong, tip). Pastda saqlashdan oldin qanday ko'rinishini ko'rasiz. To'g'ri javob (ans) va variantlar soni ikkala tilda bir xil bo'lishi kerak.
Savollar tahlili
Tanlangan testning birinchi urinishlari bo'yicha har savolning qiyinligi, farqlash kuchi va variantlar tanlovi. Kamida 30 ta urinish bo'lganda ishonchli. Faqat admin ko'radi.
Agent tekshiruvi
Agent testni o'quvchidan oldin "ishlab" chiqadi: har savolni kalitni ko'rmasdan yechadi va kalit bilan solishtiradi, savol matni, rasmlar, variantlar va inglizcha tarjimani tekshiradi. Hech narsani o'zi o'zgartirmaydi — faqat hisobot beradi, qarorni siz qilasiz. Taxminiy narx: 40 savolga ~$0,5 (Anthropic API kreditidan).
Saytdagi xatolar
Foydalanuvchilar brauzerida yuz bergan texnik (JavaScript) xatolar. Oxirgi 30 kun saqlanadi.
Nazorat testlari
Test oynasi: shanba 18:00 dan yakshanba 22:00 gacha (Toshkent vaqti). Test bir marta topshiriladi. Oyna yopilgach test ro'yxatdan olib tashlanadi. To'g'ri javoblar saytda ko'rsatilmaydi, natijalar reytingda keyingi nazorat testigacha saqlanadi. Reyting ommaviy emas, faqat markaz o'quvchilariga ko'rinadi.
Nazorat reytingi
Natijalarim
Viloyat reytingi ● jonli
Faqat birinchi urinish hisoblanadi. Ball teng bo'lsa, yoshi kichik o'quvchi yuqorida turadi.
Viloyat reytingi
Faqat har bir testning birinchi urinishi hisoblanadi.
Biz haqimizda
Bu sayt Prezident maktablari, Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Mirzo Ulug'bek maktabi va Al-Xorazmiy hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihoniga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun mock testlar beradi. Testlar real imtihon formatida: qismlar, savollar soni va vaqt rasmiy spetsifikatsiyaga mos.
Har savoldan keyin to'g'ri javob ko'rsatiladi, test oxirida esa mavzular bo'yicha tahlil chiqadi, shunda o'quvchi qaysi mavzuga ko'proq e'tibor berishini biladi. Xato qilingan savollarni qayta yechish mumkin.
Yangi testlar muntazam qo'shib boriladi. Keyingi rejalarda boshqa imtihonlar ham bor.
Bog'lanish
Savol, taklif yoki xato haqida yozing:
Maxfiylik siyosati
JASSONLINE — Maxfiylik siyosati (v2.1-2026-10)
Matn versiyasi: v2.1-2026-10 (loyiha). U bilan birga Elektron rozilik xati (v3-2026-10) va Foydalanish shartlari (v1-2026-10) amal qiladi. Ushbu siyosat jassonline.com saytida shaxsga doir ma'lumotlarga qanday ishlov berilishini tushuntiradi.
1. Ma'lumotlar operatori
Yakka tartibdagi tadbirkor Saydaxmedov Sardorjon Anvarjon o'g'li, STIR 567507537. Manzil: Farg'ona viloyati, Uchko'prik tumani, Qumariqobod MFY, Hasanqora mahallasi, Somsapaz ko'chasi, 5-uy. Telefon: +998 99 122 41 04. Email: saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
JASSONLINE — operatorning brendi. Shaxsga doir ma'lumotlar bazasi ("JASSONLAYN foydalanuvchilar bazasi") Davlat reyestrida ro'yxatdan o'tkazilgan: guvohnoma AA0002408, 2026-yil 16-oktabr.
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
- Kirish ma'lumotlari: telefon raqami, Telegram ID va/yoki email manzil (ota-ona akkauntida — ota-onaniki). Parol ishlatilsa, u ochiq holda saqlanmaydi.
- Ism-familiya, yashash viloyati va tug'ilgan sana.
- Ro'yxatdan o'tganda avtomatik beriladigan 12 xonali ID raqam.
- Test natijalari: javoblar, ball, mavzular bo'yicha statistika, topshirilgan vaqt va har bir savolga sarflangan vaqt.
- Izohlar, agar yozsangiz.
- Rozilik berilgan sana, vaqt va hujjat versiyasi.
- "Saytni qayerdan topdingiz" savoliga javob (ixtiyoriy).
- Saytga kirishda texnik ma'lumotlar: IP manzil, brauzer turi. Ular hosting xizmatining texnik jurnallarida qayd etiladi.
Pasport, ID karta, biometrik, sog'liq va to'lov ma'lumotlari yig'ilmaydi.
3. Nima uchun ishlatiladi
- Akkauntga kirish va natijalarni saqlash.
- Natijalar va xatolar tahlilini ko'rsatish.
- Viloyat reytingi. Tug'ilgan sana faqat teng ballarda tartib belgilash uchun ishlatiladi va boshqalarga ko'rsatilmaydi.
- O'quv markazi guruhlari uchun nazorat testlarini o'tkazish.
- Test savollari sifatini tekshirish (umumlashtirilgan statistika).
- Rozilik berilganini isbotlash.
Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi. Test natijalari asosida o'quvchining ruhiy holati haqida xulosa chiqarilmaydi.
4. Ism qachon boshqalarga ko'rinadi
Ismingiz viloyat reytingida va izohlarda faqat tizimga kirgan boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadi, va faqat siz bunga alohida rozilik bergan bo'lsangiz. Rozilik bermasangiz, ismingiz o'rnida faqat 12 xonali ID raqamingiz ko'rinadi. Buni istalgan vaqtda Natijalarim bo'limidagi profilda o'zgartirishingiz mumkin.
5. Voyaga yetmaganlar
Saytdan foydalanuvchilarning ko'pchiligi 10–14 yoshli o'quvchilar. 18 yoshga to'lmagan o'quvchini ota-ona (qonuniy vakil) ro'yxatdan o'tkazadi va rozilik beradi. Akkaunt egasi — ota-ona; bitta akkauntda bir nechta farzand profili bo'lishi mumkin, rozilik har bir farzand uchun alohida olinadi. Rozilik bo'lmasa test boshlanmaydi va natija saqlanmaydi. 18 yoshga to'lgan foydalanuvchi o'zi ro'yxatdan o'tadi va o'zi rozilik beradi.
6. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar bazasi Supabase bulutli xizmatida, Yevropa Ittifoqi hududidagi (Frankfurt, Germaniya) serverlarda saqlanadi. Sayt Netlify xizmati (AQSh) orqali ishlaydi. Telegram orqali kirishda Telegram, SMS kod yuborishda Eskiz (O'zbekiston), email xabarlarini yuborishda Brevo (Fransiya) ishlatiladi. Bu xizmatlar ma'lumotlarga faqat operator nomidan va uning ko'rsatmasi bo'yicha ishlov beradi.
Shuning uchun ma'lumotlar O'zbekistondan tashqariga uzatiladi. Transchegaraviy uzatish Davlat reyestriga berilgan arizada ko'rsatilgan.
7. Saqlash muddati
Ma'lumotlar akkaunt faol bo'lgan davrda saqlanadi. Akkaunt o'chirilganda profil, natijalar va izohlar bazadan darhol o'chiriladi.
8. Ma'lumotlarni himoya qilish
- Saytga ulanish HTTPS orqali shifrlangan.
- Har bir foydalanuvchi faqat o'z shaxsiy ma'lumotlarini ko'radi.
- Boshqaruv akkauntlarida ikki bosqichli autentifikatsiya yoqilgan.
- Ma'lumotlarga faqat operator kira oladi.
9. Sizning huquqlaringiz
- O'z ma'lumotlaringizni Natijalarim bo'limidagi profilda ko'rish.
- Ismni reytingda ko'rsatish roziligini profilda istalgan vaqtda o'zgartirish.
- Noto'g'ri ma'lumotlarni tuzatishni so'rash (Bog'lanish bo'limi orqali).
- Rozilikni qaytarib olish va ma'lumotlarni o'chirish: saytdagi "Akkauntimni va ma'lumotlarimni o'chirish" tugmasi akkauntni, undagi barcha profillar, natijalar va izohlarni darhol o'chiradi.
- Huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, shaxsga doir ma'lumotlar sohasidagi vakolatli davlat organiga murojaat qilish.
Savollar uchun: +998 99 122 41 04, saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
10. Reklama va brauzer xotirasi
Sayt hozircha reklama ko'rsatmaydi va kuzatuv cookie'laridan foydalanmaydi. Brauzer xotirasida faqat tanlangan interfeys tili va tizimga kirish sessiyasi saqlanadi. Kelajakda reklama yoki to'lov xizmatlari qo'shilsa, ushbu siyosat oldindan yangilanadi.
11. O'zgarishlar
Siyosat yangilanganda yangi versiya shu sahifada e'lon qilinadi. Muhim o'zgarishlarda foydalanuvchilardan qayta rozilik so'raladi. Siyosatning boshqa tillardagi matni bilan ziddiyat bo'lsa, o'zbekcha matn amal qiladi.
JASSONLINE — Политика конфиденциальности (v2.1-2026-10)
Это перевод для удобства. При расхождении с текстом на узбекском языке действует узбекский текст.
Версия текста: v2.1-2026-10 (проект). Вместе с ней действуют Электронное согласие (v3-2026-10) и Условия использования (v1-2026-10). Настоящая Политика объясняет, как на сайте jassonline.com обрабатываются персональные данные.
1. Оператор данных
Индивидуальный предприниматель Сайдахмедов Сардоржон Анваржон угли, ИНН 567507537. Адрес: Ферганская область, Учкуприкский район, МСГ Кумарикобод, махалля Хасанкора, улица Сомсапаз, дом 5. Телефон: +998 99 122 41 04. Email: saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
JASSONLINE — бренд оператора. База персональных данных («JASSONLAYN foydalanuvchilar bazasi») зарегистрирована в Государственном реестре: свидетельство AA0002408 от 16 октября 2026 года.
2. Какие данные собираются
- Данные для входа: номер телефона, Telegram ID и/или адрес электронной почты (в аккаунте родителя — данные родителя). Если используется пароль, он не хранится в открытом виде.
- Имя и фамилия, область проживания и дата рождения.
- 12-значный ID-номер, автоматически присваиваемый при регистрации.
- Результаты тестов: ответы, баллы, статистика по темам, время сдачи и время, затраченное на каждый вопрос.
- Комментарии, если вы их пишете.
- Дата, время и версия документа, с которым дано согласие.
- Ответ на вопрос «Как вы узнали о сайте?» (необязательно).
- Технические данные при посещении сайта: IP-адрес, тип браузера. Они фиксируются в технических журналах хостинга.
Паспортные данные, данные ID-карты, биометрические и медицинские данные, а также платёжные данные не собираются.
3. Для чего используются данные
- Вход в аккаунт и сохранение результатов.
- Показ результатов и разбора ошибок.
- Рейтинг по областям. Дата рождения используется только для определения порядка при равных баллах и другим не показывается.
- Проведение контрольных тестов для групп учебного центра.
- Проверка качества тестовых вопросов (обобщённая статистика).
- Подтверждение того, что согласие было дано.
Данные не продаются и не передаются третьим лицам в рекламных целях. На основании результатов тестов не делается выводов о психологическом состоянии ученика.
4. Когда имя видно другим
Ваше имя в рейтинге по областям и в комментариях видно только другим пользователям, вошедшим в систему, и только если вы дали на это отдельное согласие. Если согласие не дано, вместо имени отображается только ваш 12-значный ID-номер. Это можно изменить в любое время в профиле в разделе «Мои результаты».
5. Несовершеннолетние
Большинство пользователей сайта — ученики 10–14 лет. Ученика младше 18 лет регистрирует родитель (законный представитель), он же даёт согласие. Владелец аккаунта — родитель; в одном аккаунте может быть несколько профилей детей, согласие берётся отдельно для каждого ребёнка. Без согласия тест не начинается и результат не сохраняется. Пользователь, достигший 18 лет, регистрируется и даёт согласие сам.
6. Где хранятся данные
База данных хранится в облачном сервисе Supabase на серверах на территории Европейского союза (Франкфурт, Германия). Сайт работает через сервис Netlify (США). При входе через Telegram используется Telegram, для отправки SMS-кодов — Eskiz (Узбекистан), для отправки электронных писем — Brevo (Франция). Эти сервисы обрабатывают данные только от имени оператора и по его указаниям.
Поэтому данные передаются за пределы Узбекистана. Трансграничная передача указана в заявлении, поданном в Государственный реестр.
7. Срок хранения
Данные хранятся, пока аккаунт активен. При удалении аккаунта профиль, результаты и комментарии сразу удаляются из базы.
8. Защита данных
- Соединение с сайтом зашифровано по HTTPS.
- Каждый пользователь видит только свои персональные данные.
- В управляющих аккаунтах включена двухфакторная аутентификация.
- Доступ к данным есть только у оператора.
9. Ваши права
- Просматривать свои данные в профиле в разделе «Мои результаты».
- В любое время изменить в профиле согласие на показ имени в рейтинге.
- Просить исправить неверные данные (через раздел «Контакты»).
- Отозвать согласие и удалить данные: кнопка «Удалить мой аккаунт и мои данные» на сайте сразу удаляет аккаунт, все его профили, результаты и комментарии.
- Если вы считаете, что ваши права нарушены, обратиться в уполномоченный государственный орган в сфере персональных данных.
По вопросам: +998 99 122 41 04, saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
10. Реклама и память браузера
Сайт пока не показывает рекламу и не использует отслеживающие cookie. В памяти браузера хранятся только выбранный язык интерфейса и сессия входа. Если в будущем будут добавлены реклама или платёжные сервисы, настоящая Политика будет обновлена заранее.
11. Изменения
При обновлении Политики новая версия публикуется на этой странице. При существенных изменениях у пользователей повторно запрашивается согласие. При расхождении с текстом Политики на других языках действует текст на узбекском языке.
JASSONLINE — Privacy Policy (v2.1-2026-10)
This is a translation provided for convenience. If it differs from the Uzbek text, the Uzbek text prevails.
Text version: v2.1-2026-10 (draft). It applies together with the Electronic consent form (v3-2026-10) and the Terms of Use (v1-2026-10). This Policy explains how personal data is processed on jassonline.com.
1. Data controller
Sole proprietor Saydaxmedov Sardorjon Anvarjon o'g'li, Taxpayer ID (STIR) 567507537. Address: 5 Somsapaz Street, Hasanqora mahalla, Qumariqobod MFY, Uchko'prik District, Fergana Region, Uzbekistan. Phone: +998 99 122 41 04. Email: saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
JASSONLINE is the controller's brand. The personal data database ("JASSONLAYN foydalanuvchilar bazasi") is registered in the State Register: certificate AA0002408, dated 16 October 2026.
2. What data we collect
- Login details: phone number, Telegram ID and/or email address (for a parent account, the parent's details). If a password is used, it is not stored in plain text.
- First and last name, region of residence and date of birth.
- A 12-digit ID number assigned automatically at registration.
- Test results: answers, scores, statistics by topic, submission time and the time spent on each question.
- Comments, if you write any.
- The date, time and document version of the consent given.
- The answer to "How did you find the site?" (optional).
- Technical data when visiting the site: IP address and browser type. These are recorded in the hosting service's technical logs.
We do not collect passport, ID card, biometric, health or payment data.
3. How the data is used
- Signing in to the account and saving results.
- Showing results and mistake analysis.
- Regional rating. The date of birth is used only to order participants with equal scores and is not shown to anyone.
- Running progress tests for learning centre groups.
- Checking the quality of test questions (aggregated statistics).
- Proving that consent was given.
Data is not sold and is not shared with third parties for advertising. No conclusions about a student's psychological state are drawn from test results.
4. When your name is visible to others
Your name appears in the regional rating and in comments only to other signed-in users, and only if you have given separate consent to this. Without that consent, only your 12-digit ID number is shown instead of your name. You can change this at any time in your profile in the "My results" section.
5. Minors
Most users of the site are students aged 10–14. A student under 18 is registered by a parent (legal representative), who gives consent. The account owner is the parent; one account may contain several child profiles, and consent is obtained separately for each child. Without consent, a test cannot be started and no result is saved. Users aged 18 or over register and give consent themselves.
6. Where the data is stored
The database is stored in the Supabase cloud service on servers in the European Union (Frankfurt, Germany). The site runs on Netlify (USA). Telegram is used for signing in with Telegram, Eskiz (Uzbekistan) for sending SMS codes, and Brevo (France) for sending emails. These services process data only on behalf of the controller and on its instructions.
As a result, data is transferred outside Uzbekistan. The cross-border transfer is stated in the application submitted to the State Register.
7. Retention period
Data is kept while the account is active. When the account is deleted, the profile, results and comments are deleted from the database immediately.
8. Data protection
- The connection to the site is encrypted with HTTPS.
- Each user can see only their own personal data.
- Two-factor authentication is enabled on administrative accounts.
- Only the controller has access to the data.
9. Your rights
- View your data in your profile in the "My results" section.
- Change your consent to showing your name in the ranking at any time in your profile.
- Ask for incorrect data to be corrected (via the "Contact" section).
- Withdraw consent and delete your data: the "Delete my account and my data" button on the site immediately deletes the account and all its profiles, results and comments.
- If you believe your rights have been violated, contact the authorised state body for personal data.
Questions: +998 99 122 41 04, saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
10. Advertising and browser storage
The site does not currently show advertising and does not use tracking cookies. Only the selected interface language and the sign-in session are stored in the browser. If advertising or payment services are added in the future, this Policy will be updated in advance.
11. Changes
When the Policy is updated, the new version is published on this page. For significant changes, users are asked for consent again. If the text of the Policy in another language conflicts with the Uzbek text, the Uzbek text prevails.
JASSONLINE — Qupıyalıq siyasatı (v2.1-2026-10)
Bul — qolaylıq ushın awdarma. Ózbek tilindegi tekst penen parq bolsa, ózbek tilindegi tekst kúshke iye.
Tekst versiyası: v2.1-2026-10 (joyba). Onıń menen birge Elektron razılıq xatı (v3-2026-10) hám Paydalanıw shártleri (v1-2026-10) ámel etedi. Bul siyasat jassonline.com saytında jeke maǵlıwmatlarǵa qalay islew beriletuǵının túsindiredi.
1. Maǵlıwmatlar operatorı
Jeke tártiptegi isbilermen Saydaxmedov Sardorjon Anvarjon o'g'li, STIR 567507537. Mánzil: Ferǵana wálayatı, Uchko'prik rayonı, Qumariqobod MFY, Hasanqora máhállesi, Somsapaz kóshesi, 5-úy. Telefon: +998 99 122 41 04. Email: saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
JASSONLINE — operatordıń brendi. Jeke maǵlıwmatlar bazası ("JASSONLAYN foydalanuvchilar bazasi") Mámleketlik reestrde dizimnen ótkerilgen: gúwalıq AA0002408, 2026-jıl 16-oktyabr.
2. Qanday maǵlıwmatlar jıynaladı
- Kiriw maǵlıwmatları: telefon nomeri, Telegram ID hám/yamasa email mánzil (ata-ana akkauntında — ata-ananıkı). Parol paydalanılsa, ol ashıq túrde saqlanbaydı.
- Atı-familiyası, jasaytuǵın wálayatı hám tuwılǵan sánesi.
- Dizimnen ótkende avtomat túrde beriletuǵın 12 xanalı ID nomer.
- Test nátiyjeleri: juwaplar, ball, temalar boyınsha statistika, tapsırılǵan waqıt hám hár bir sorawǵa jumsalǵan waqıt.
- Pikirler, eger jazsańız.
- Razılıq berilgen sáne, waqıt hám hújjet versiyası.
- "Saytti qayerden taptıńız" sorawına juwap (ıqtıyarıy).
- Saytqa kirgende texnikalıq maǵlıwmatlar: IP mánzil, brauzer túri. Olar xosting xızmetiniń texnikalıq jurnallarında jazıladı.
Pasport, ID karta, biometrik, densawlıq hám tólem maǵlıwmatları jıynalmaydı.
3. Ne ushın paydalanıladı
- Akkauntqa kiriw hám nátiyjelerdi saqlaw.
- Nátiyjeler hám qátelerdi tallawdı kórsetiw.
- Wálayat reytingi. Tuwılǵan sáne tek balllar teń bolǵanda tártipti anıqlaw ushın paydalanıladı hám basqalarǵa kórsetilmeydi.
- Oqıw orayı toparları ushın qadaǵalaw testlerin ótkeriw.
- Test sorawlarınıń sapasın tekseriw (ulıwmalastırılǵan statistika).
- Razılıq berilgenin dálillew.
Maǵlıwmatlar satılmaydı hám reklama maqsetinde úshinshi taraplarǵa berilmeydi. Test nátiyjeleri tiykarında oqıwshınıń psixologiyalıq jaǵdayı haqqında juwmaq shıǵarılmaydı.
4. Atıńız qashan basqalarǵa kórinedi
Atıńız wálayat reytinginde hám pikirlerde tek sistemaǵa kirgen basqa paydalanıwshılarǵa kórinedi, hám tek siz buǵan bólek razılıq bergen bolsańız. Razılıq bermeseńiz, atıńız ornına tek 12 xanalı ID nomerińiz kórinedi. Bunı qálegen waqıtta "Nátiyjelerim" bólimindegi profilde ózgertiwińiz múmkin.
5. Kámalǵa jetpegenler
Sayttan paydalanıwshılardıń kópshiligi 10–14 jastaǵı oqıwshılar. 18 jasqa tolmaǵan oqıwshını ata-ana (nızamlı wákil) dizimnen ótkeredi hám razılıq beredi. Akkaunt iyesi — ata-ana; bir akkauntta bir neshe perzent profili bolıwı múmkin, razılıq hár bir perzent ushın bólek alınadı. Razılıq bolmasa test baslanbaydı hám nátiyje saqlanbaydı. 18 jasqa tolǵan paydalanıwshı ózi dizimnen ótedi hám ózi razılıq beredi.
6. Maǵlıwmatlar qayerde saqlanadı
Maǵlıwmatlar bazası Supabase bult xızmetinde, Evropa Awqamı aymaǵındaǵı (Frankfurt, Germaniya) serverlerde saqlanadı. Sayt Netlify xızmeti (AQSh) arqalı isleydi. Telegram arqalı kirgende Telegram, SMS kod jiberiwde Eskiz (Ózbekstan), email xatların jiberiwde Brevo (Franciya) paydalanıladı. Bul xızmetler maǵlıwmatlarǵa tek operator atınan hám onıń kórsetpesi boyınsha islew beredi.
Sonlıqtan maǵlıwmatlar Ózbekstannan tısqarıǵa uzatıladı. Transshegaralıq uzatıw Mámleketlik reestrge berilgen arzada kórsetilgen.
7. Saqlaw múddeti
Maǵlıwmatlar akkaunt aktiv bolǵan dáwirde saqlanadı. Akkaunt óshirilgende profil, nátiyjeler hám pikirler bazadan dárhal óshiriledi.
8. Maǵlıwmatlardı qorǵaw
- Saytqa baylanıs HTTPS arqalı shifrlanǵan.
- Hár bir paydalanıwshı tek óz jeke maǵlıwmatların kóredi.
- Basqarıw akkauntlarında eki basqıshlı autentifikaciya qosılǵan.
- Maǵlıwmatlarǵa tek operator kire aladı.
9. Sizıń huqıqlarıńız
- Óz maǵlıwmatlarıńızdı "Nátiyjelerim" bólimindegi profilde kóriw.
- Atıńızdı reytingte kórsetiw razılıǵın profilde qálegen waqıtta ózgertiw.
- Nadurıs maǵlıwmatlardı dúzetiwdi soraw ("Baylanıs" bólimi arqalı).
- Razılıqtı qaytarıp alıw hám maǵlıwmatlardı óshiriw: saytdaǵı "Akkauntımdı hám maǵlıwmatlarımdı óshiriw" túymesi akkauntti, ondaǵı barlıq profillerdi, nátiyjelerdi hám pikirlerdi dárhal óshiredi.
- Huqıqlarıńız buzılǵan dep esaplasańız, jeke maǵlıwmatlar tarawındaǵı wákilatlı mámleketlik organǵa múrájat etiw.
Sorawlar ushın: +998 99 122 41 04, saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
10. Reklama hám brauzer yadı
Sayt házirshe reklama kórsetpeydi hám baqlaw cookie-larınan paydalanbaydı. Brauzer yadında tek tańlanǵan interfeys tili hám sistemaǵa kiriw sessiyası saqlanadı. Keleshekte reklama yamasa tólem xızmetleri qosılsa, bul siyasat aldınnan jańalanadı.
11. Ózgerisler
Siyasat jańalanǵanda jańa versiya usı betke járiyalanadı. Áhmiyetli ózgerislerde paydalanıwshılardan qaytadan razılıq soraladı. Siyasattıń basqa tillerdegi teksti menen qarama-qarsılıq bolsa, ózbek tilindegi tekst ámel etedi.
Foydalanish shartlari
Hujjatning rasmiy matni o'zbek tilida.
Foydalanish shartlari
JASSONLINE (www.jassonline.com). Matn versiyasi: v1-2026-10 (loyiha).
1. Umumiy qoidalar
Ushbu shartlar www.jassonline.com saytidan (keyingi o'rinlarda "Sayt") foydalanish tartibini belgilaydi. Sayt egasi: YaTT Saydaxmedov Sardorjon Anvarjon o'g'li, STIR 567507537, manzil: Farg'ona viloyati, Uchko'prik tumani, Qumariqobod MFY, Hasanqora mahallasi, Somsapaz ko'chasi, 5-uy. Ro'yxatdan o'tish yoki saytdan foydalanishni davom ettirish shartlarga rozilik bildirish hisoblanadi. Voyaga yetmagan foydalanuvchilar ota-onasi yoki qonuniy vakili roziligi bilan foydalanadi.
2. Xizmat tavsifi
- Sayt imtihonlarga tayyorgarlik uchun mock (sinov) testlar, natijalar tahlili va reytinglarni taqdim etadi. Hozirgi bo'limlar: Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari. Keyinchalik boshqa imtihonlar (masalan, CEFR, IELTS, SAT, DTM) qo'shilishi mumkin.
- Testlar real imtihonga tayyorgarlik maqsadida tuzilgan o'quv materiali. Ular rasmiy imtihon savollari emas va rasmiy imtihonda o'xshash natija yoki qabul qilinishga kafolat bermaydi.
- Hozircha xizmat bepul. Pullik xizmatlar (Premium) kiritilsa, ularning shartlari alohida e'lon qilinadi.
3. Ro'yxatdan o'tish va akkaunt
- Foydalanuvchi haqiqiy ma'lumot kiritadi (ism-familiya, viloyat, tug'ilgan sana, kirish uchun telefon raqami, Telegram akkaunti yoki email).
- Voyaga yetmagan o'quvchini ota-onasi (qonuniy vakili) ro'yxatdan o'tkazadi va rozilik beradi; buning tartibi Elektron rozilik xatida bayon etilgan. Voyaga yetgan foydalanuvchi o'zi ro'yxatdan o'tadi va o'zi rozilik beradi.
- Akkaunt egasi — ota-ona yoki voyaga yetgan foydalanuvchining o'zi. Bitta ota-ona akkauntida bir nechta farzand profili bo'lishi mumkin; har bir profil o'z ID raqami, natijalari va reytingdagi o'rniga ega. Kirish ma'lumotlarini (parol, tasdiqlash so'rovlari) boshqalarga bermaslik akkaunt egasining mas'uliyati.
- Akkaunt egasi akkauntni istalgan vaqtda saytdagi "Akkauntimni va ma'lumotlarimni o'chirish" tugmasi orqali o'chirishi mumkin. Bunda akkauntdagi barcha profillar, natijalar va izohlar o'chiriladi.
4. Natijalar va reyting
- Reytingga faqat har bir testning birinchi urinishi hisoblanadi, keyingi urinishlar mashq uchun.
- Ballar serverda hisoblanadi. Ballar teng bo'lsa, yoshi kichik foydalanuvchi yuqoriroq o'rinni egallaydi.
- Ism ko'rinishi foydalanuvchi roziligi bilan belgilanadi; rozilik berilmagan bo'lsa, reytingda 12 xonali ID raqam ko'rinadi.
- Sayt xato aniqlansa (masalan, noto'g'ri javob kaliti) natijalarni qayta hisoblash huquqini o'zida saqlab qoladi.
5. Izohlar qoidalari
- Izohlar hurmatli, mavzuga oid va qonunga muvofiq bo'lishi kerak.
- Haqorat, kamsitish, tahdid, spam, reklama, boshqalarning shaxsiy ma'lumotlarini (telefon, manzil, ism-familiya) yozish va noqonuniy kontent taqiqlanadi.
- Sayt qoidalarni buzgan izohlarni ogohlantirishsiz o'chirish va foydalanuvchini cheklash huquqiga ega.
6. Intellektual mulk
- Saytdagi test savollari, rasmlar, matnlar, dizayn va logotip JASSONLINE operatori — YaTT Saydaxmedov Sardorjon Anvarjon o'g'li mulki hisoblanadi.
- Materiallarni shaxsiy o'quv maqsadida foydalanish mumkin. Ularni ommaviy nusxalash, tarqatish, qayta sotish yoki boshqa saytlarga joylash yozma ruxsatsiz taqiqlanadi.
7. Taqiqlangan harakatlar
- Soxta ma'lumot kiritish, boshqa shaxs nomidan ro'yxatdan o'tish, ballarni sun'iy oshirish yoki tizimni aldash.
- Avtomatlashtirilgan so'rovlar, saytga hujum qilish yoki uning ishini buzishga urinish.
- Bir testning savollarini ommaviy yig'ish va tarqatish.
8. Javobgarlik chegarasi
- Sayt "mavjud holda" taqdim etiladi: ishlashi uzluksiz bo'lishi yoki xatosiz ekanligi kafolatlanmaydi.
- Texnik uzilishlar, ma'lumotlar yo'qolishi yoki natijalardagi xatolar uchun sayt egasining javobgarligi qonun ruxsat bergan darajada cheklanadi.
- Foydalanuvchilar yozgan izohlar mazmuni uchun ularning mualliflari javobgar.
9. Shaxsiy ma'lumotlar
Shaxsiy ma'lumotlarga Maxfiylik siyosati va Elektron rozilik xatiga muvofiq ishlov beriladi. Ular shartlarning ajralmas qismi.
10. Shartlarni o'zgartirish
Sayt egasi shartlarni o'zgartirishi mumkin. Yangi variant saytda e'lon qilingan vaqtdan kuchga kiradi. Jiddiy o'zgarishlar haqida foydalanuvchilarga alohida xabar beriladi.
11. Nizolar va qo'llanadigan qonun
Shartlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq talqin qilinadi. Nizolar muzokaralar yo'li bilan, kelishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda sud orqali hal qilinadi.
12. Aloqa
Telefon: +998 99 122 41 04. Email: saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
Elektron rozilik xati
Hujjatning rasmiy matni o'zbek tilida.
Elektron rozilik xati
Shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishga rozilik (1-variant: ota-ona / qonuniy vakil uchun; 2-variant: voyaga yetgan foydalanuvchi uchun)
Matn versiyasi: v3-2026-10 (loyiha).
Men — o'quvchining ota-onasi (qonuniy vakili) — ushbu elektron rozilik xati orqali farzandimning (keyingi o'rinlarda "o'quvchi") shaxsiy ma'lumotlariga quyidagi shartlarda ishlov berishga ixtiyoriy, ongli ravishda va aniq rozilik bildiraman.
1. Ma'lumotlar operatori
JASSONLINE, www.jassonline.com. Operator: YaTT Saydaxmedov Sardorjon Anvarjon o'g'li, STIR 567507537, manzil: Farg'ona viloyati, Uchko'prik tumani, Qumariqobod MFY, Hasanqora mahallasi, Somsapaz ko'chasi, 5-uy. Aloqa: +998 99 122 41 04, saydaxmedovsardor1996@gmail.com.
2. Ishlov beriladigan ma'lumotlar
- Ism-familiya, tug'ilgan sana va yashash viloyati.
- Ota-onaning (qonuniy vakilning) telefon raqami va/yoki email manzili, Telegram orqali kirilganda ota-onaning Telegram ID raqami; shifrlangan parol (agar ishlatilsa).
- Sayt tomonidan avtomatik beriladigan 12 xonali ID raqam.
- Test javoblari, ballar, mavzular bo'yicha natijalar va topshirilgan vaqt.
- Izohlar, agar o'quvchi yozsa.
- "Saytni qayerdan topdingiz" savoliga ixtiyoriy javob.
- Rozilik vaqti va ushbu xat versiyasi.
- Texnik ma'lumotlar (IP manzil, brauzer turi) - xavfsizlik va hosting jurnallari uchun.
3. Ishlov berish maqsadlari
- Akkaunt yaratish, tizimga kirish va shaxsni tasdiqlash (jumladan, telefon raqamiga SMS kod yuborish).
- Test natijalarini saqlash, tahlil qilish va xatolar ustida ishlash imkonini berish.
- Viloyatlar bo'yicha reyting jadvalini tuzish. Tug'ilgan sana faqat ballar teng bo'lganda yoshi kichik o'quvchini yuqoriga qo'yish uchun ishlatiladi va hech kimga ko'rsatilmaydi.
- Sayt xavfsizligini ta'minlash va o'quvchi bilan bog'lanish.
- Umumiy statistika (masalan, foydalanuvchilar saytga qayerdan kelgani), shaxsni aniqlamagan holda.
4. Ma'lumotlar bilan bajariladigan amallar va muddat
Ma'lumotlarga to'plash, tizimlashtirish, saqlash, o'zgartirish, ko'rish, hisoblash va yo'q qilish amallari orqali ishlov beriladi. Ishlov berish muddati: akkaunt faol bo'lgan davr yoki rozilik qaytarib olinguncha.
5. Uchinchi shaxslar va chet elga uzatish
Ma'lumotlarga operator nomidan quyidagi xizmat ko'rsatuvchilar orqali ishlov berilishi va ular saqlanishi mumkin: Supabase (ma'lumotlar bazasi va akkauntlar; server: Frankfurt, Germaniya), Netlify (sayt hostingi; AQSh), Telegram (Telegram orqali kirish), Eskiz (SMS kod yuborish; O'zbekiston) va email xabarlarini yuborish xizmati (nomi Maxfiylik siyosatida ko'rsatiladi). Shu sababli ma'lumotlar O'zbekistondan tashqariga uzatiladi. Men ma'lumotlarning chet elga uzatilishiga rozilik bildiraman.
6. Ommaviy ko'rsatish
O'quvchining ism-familiyasi viloyat reytingida va izohlarda tizimga kirgan boshqa foydalanuvchilarga FAQAT ro'yxatdan o'tishdagi so'rovnomada "Ha, ko'rinsin" deb alohida rozilik berilgan taqdirdagina ko'rsatiladi. Rozilik berilmagan bo'lsa, ism o'rnida faqat 12 xonali ID raqam ko'rinadi. Email, telefon raqami, tug'ilgan sana va parol hech qachon ko'rsatilmaydi.
7. Huquqlarim
- Rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olish. Buning uchun saytdagi "Akkauntimni va ma'lumotlarimni o'chirish" tugmasidan yoki yuqoridagi aloqa manzili orqali murojaat qilish mumkin. Rozilik qaytarib olinganda ma'lumotlar yo'q qilinadi.
- Ma'lumotlarim bilan tanishish, ularni to'g'rilash va o'zgartirishni so'rash.
- Ism ko'rinishini profilda istalgan vaqtda yashirish yoki qayta ko'rsatish.
8. Elektron tasdiq
Ro'yxatdan o'tish so'rovnomasidagi 1-savolga "Ha, rozilik bor" tugmasini bosish orqali men ushbu rozilik xati bilan tanishganimni, uni to'liq tushunganimni va farzandim nomidan unga rozilik berishimni elektron shaklda tasdiqlayman. Tasdiq vaqti va xat versiyasi bazada saqlanadi.
- Kirish ota-onaning Telegram akkaunti orqali tasdiqlanganda, rozilik ham shu akkaunt egasi — ota-ona (qonuniy vakil) tomonidan berilgan hisoblanadi.
- Bitta ota-ona akkauntida bir nechta farzand profili bo'lishi mumkin. Rozilik har bir farzand uchun alohida beriladi va alohida saqlanadi.
2-variant. Voyaga yetgan foydalanuvchi uchun (o'zi rozilik beradi)
Men — ro'yxatdan o'tayotgan foydalanuvchi — ushbu elektron rozilik xati orqali o'z shaxsiy ma'lumotlarimga yuqoridagi 1–7-bandlarda ko'rsatilgan shartlarda ishlov berishga ixtiyoriy, ongli ravishda va aniq rozilik bildiraman. Bunda "o'quvchi" va "farzandim" so'zlari o'rniga "men" tushuniladi; ota-onaga oid ma'lumotlarga ishlov berilmaydi, telefon raqami, email va Telegram ID foydalanuvchining o'ziga tegishli bo'ladi.
Bu variant ro'yxatdan o'tishda "O'zim uchun" tanlangan va tug'ilgan sana bo'yicha foydalanuvchi 18 yoshga to'lgan bo'lsa qo'llanadi. "Roziman" tugmasini bosish orqali men ushbu xat bilan tanishganimni va unga rozilik berishimni elektron shaklda tasdiqlayman. Tasdiq vaqti va xat versiyasi bazada saqlanadi.
Izohlar